Live
1
O'zbek

«Nyukasl» Shon Steyr transferini rasman e'lon qildi

Futbol
9 iyul, 09:20
18 yoshli niderlandiyalik yarimhimoyachi Angliya klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi.
«Nyukasl» Shon Steyr transferini rasman e'lon qildi
Foto: Getty Images

«Nyukasl Yunayted» «Ayaks» yarimhimoyachisi Shon Steyr transferini rasman e'lon qildi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

18 yoshli niderlandiyalik futbolchi «qarg'alar» bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi oshkor qilinmagan. U yangi jamoasida 14-raqam ostida to'p tepadi.

Steyr yozgi transfer oynasida «Nyukasl» safiga qo'shilgan uchinchi yangi futbolchiga aylandi. Undan avval klub fransiyalik darvozabon Even Jauen va ivuarlik vinger Bazuman Ture bilan shartnoma imzolagandi.

O'tgan mavsum yarimhimoyachi «Ayaks» akademiyasining eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan Abdelhak Nuri sovriniga loyiq ko'rilgan.

«Bu yerda bo'lish — ajoyib tuyg'u. «Nyukasl» — Angliya Premer-ligasining ulkan klublaridan biri. Dunyoning eng kuchli chempionatida o'ynash doim orzuim bo'lgan. Men «Ayaks»da o'zimni uyimdagidek his qilardim, chunki u yerga yetti yoshimda kelganman. Ammo sizni «Nyukasl» kabi klub taklif qilsa, rad etish juda qiyin», — dedi Steyr klub matbuot xizmatiga.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar