«Nyukasl» «Ayaks» yarimhimoyachisi Seun Sterning transferi borasida og'zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, transferning kafolatlangan qiymati 24 million yevroni tashkil etadi. Shuningdek, kelishuvga yana 3 million yevrogacha bonuslar ham kiritilgan. Romano ma'lum qilishicha, yaqin vaqt ichida futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tishi rejalashtirilgan.
18 yoshli yarimhimoyachi yangi mavsumdan boshlab «Nyukasl» sharafini himoya qiladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq De Telegraaf nashri ham tomonlar 27 million yevrogacha yetishi mumkin bo'lgan transfer borasida kelishuvga erishgani haqida xabar bergan.