"Tottenhem" "Nyukasl"dan Sandro Tonalini o'z safiga qo'shib oldi.
26 yoshli yarimhimoyachi londonliklar bilan 2031 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi va klub tarixidagi eng qimmat transferga aylandi. U "taqachilar"ga 92,5 million funtga tushdi. Agar jamoa bir necha bor YCHLga chiqsa, yana 7,5 mln funt bonuslar qo'shiladi.
Tonaligacha "Tottenhem"ning transfer rekordi shu yil "Vest Hem"dan sotib olingan yarimhimoyachi Mateush Fernandesh edi — 85 million funt.
Ma'lumot uchun, italyalik futbolchi o'tgan mavsumda APLda 35 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta golga assistentlik qilgan.
"Tottenhem" Sandro Tonali transferini e'lon qildi
Futbol
6 iyul, 06:15
Italiyalik yarimhimoyachi London klubi tarixidagi eng qimmat transferga aylandi.
Foto: Tottenham Hotspur