«Fiorentina» «Tottenhem» himoyachisi Radu Dregushinni ijara asosida o'z safiga qo'shib olmoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, ijara shartnomasiga futbolchini keyinchalik to'liq sotib olish bandi ham kiritilgan. Ruminiya milliy jamoasi himoyachisi esa allaqachon Italiya klubiga o'tishga rozilik bildirgan.
23 yoshli Dregushin faoliyati davomida «Yuventus», «Sampdoriya», «Salernitana» va «Jenoa» safida ham o'ynagan. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, uning transfer qiymati 16 million yevroga baholanmoqda.
Himoyachi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 11 ta bahsda maydonga tushgan.
Eslatib o'tamiz, «Fiorentina» o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra A Seriya turnir jadvalida 15-o'rinni egallagan.