«Manchester Siti» darvozaboni Jeyms Trafford faoliyatini «Tottenhem»da davom ettirishi mumkin.
The Independent xabariga ko‘ra, London klubi 23 yoshli posbonni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o‘zi ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istaydi va Janluiji Donnarumma ortida zaxirada qolishni rejalashtirmayapti.
O‘tgan yozda «Manchester Siti» Traffordni asosiy darvozabon sifatida xarid qilgandi. Biroq keyinchalik klub «PSJ»dan Donnarummani transfer qilgach, angliyalik posbon ikkinchi darvozabonga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Jeyms Trafford o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol o‘tkazib yubordi va 8 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Ma'lumot uchun, Transfermarkt portali 23 yoshli darvozabonning transfer qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.