Afsonaviy futbolchi Paolo Maldini Italiya milliy jamoasining texnik direktori lavozimini egallashga rozi bo‘ldi.
Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko‘ra, 58 yoshli mutaxassisning tayinlangani yaqin kunlarda rasman e'lon qilinadi.
Maldini 2019–2023 yillar davomida «Milan»da texnik direktor sifatida faoliyat yuritib, klubning 2022 yilda A Seriya chempionligini qo‘lga kiritishida muhim rol o‘ynagan.
Eslatib o‘tamiz, Paolo Maldinining otasi Chezare Maldini ham o‘z vaqtida Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.
Ma'lumot uchun, Italiya milliy jamoasi JCH-2026 yo‘llanmasi uchun pley-off finalida Bosniya va Hersegovinaga mag‘lub bo‘lgani sabab mundialda ishtirok etmadi. Maldini jamoani navbatdagi xalqaro musobaqalarga tayyorlash jarayonida ish boshlashi kutilmoqda.