«Andijon» klubi Sayfiddin Sodiqov jamoani rasman tark etganini e'lon qildi.
18 yoshli futbolchining mavsum boshida tuzilgan ijara shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga yetdi va tomonlar hamkorlikni davom ettirmaslikka qaror qildi.
Sodiqov «Andijon» safida ilk bor O‘zbekiston Superligasida debyut qildi. U klub tarkibida uchta uchrashuvda maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma'lumot uchun, Sayfiddin Sodiqov faoliyatini Portugaliyaning «Braga» klubida davom ettiradi.