«Barselona» himoyachisi Ronald Arauxo klubdagi faoliyatini davom ettirish niyatida.
Cadena Ser xabariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda uning transferi borasida turli mish-mishlar tarqalayotgan bo‘lsa-da, futbolchining o‘zi ham, uning vakillari ham urugvaylik himoyachi «Barselona»da qolishi kerak, degan fikrda.
Avvalroq OAVda Kataloniya klubi yozgi transfer oynasida sotilishi mumkin bo‘lgan futbolchilar qatorida Ronald Arauxoni ham ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, Ronald Arauxo 2020 yildan buyon «Barselona»ning asosiy jamoasi safida to‘p surib kelmoqda.
Ma'lumot uchun, urugvaylik himoyachi o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol muallifiga aylandi. Shuningdek, OAVda uning ruhiy holati bilan bog‘liq muammolar borligi haqida ham xabarlar paydo bo‘lgan edi.