Portugaliya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Nani JCH-2026da Krishtianu Ronalduning o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Hamma Krishtianu bilan yaxshi hamkorlik qilishga harakat qilishi kerak. U turnir oxirigacha gol urishda davom etadi. Menga ishoning.
Ko‘pchilik uning maydonda bo‘lishini xohlaydi, ayrimlar esa jamoa uning sabab energiya va yuqori pressing imkoniyatlarini yo‘qotmoqda, deb hisoblaydi.
Ammo biz uning o‘yin taqdirini hal qila olishini unutmasligimiz kerak. Krishtianu himoyachilar e'tiborini o‘ziga tortadi.
Albatta, u murabbiy yaratgan tizimga moslashishi va jamoadoshlari uning harakatlarini to‘g‘ri tushunishi kerak.
Masalan, men yugurib ikki himoyachini ortimdan ergashtirsam-u, bo‘sh hududga hech kim yugurmasa, buning foydasi bo‘lmaydi», — dedi Nani.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu JCH-2026da hozirgacha 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Har ikki golni u O‘zbekiston milliy jamoasi darvozasiga kiritgan.
Ma'lumot uchun, Portugaliya milliy jamoasi JCH-2026 pley-off bosqichidagi ishtirokini davom ettirmoqda.