Bugun
3
O'zbek

Feliks: "Xorvatiyani mag'lub etishimizga ishonamiz"

Futbol
29 iyun, 23:00
Portugaliya hujumchisi Xorvatiyaga qarshi bahs oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Feliks: "Xorvatiyani mag'lub etishimizga ishonamiz"
Foto: Reuters
02.07.2026, 19:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - Xorvatiya Xorvatiya

Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Joau Feliks jahon chempionati 1/16 final bosqichi doirasidagi Xorvatiyaga qarshi bahs oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Portugaliyalik muxlislar xotirjam bo'lishlari kerak. Ikkita uchrashuvda durang o'ynaganimiz o'z kuchimizga bo'lgan ishonchimiz kamayganini anglatmaydi. Bu — jahon chempionati.

Hamma xotirjamlikni saqlashi kerak. Biz Xorvatiyani mag'lub etishimizga ishonamiz", — dedi Feliks.

Ma'lumot o'rnida, Portugaliya milliy jamoasi guruh bosqichida O'zbekistonni 5:0 hisobida mag'lub etdi. Shuningdek, jamoa Kongo DR (1:1) va Kolumbiya (0:0) bilan durang o'ynadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Xorvatiya Xorvatiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar