Braziliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Kazemiro JCH-2026 1/16 finalidan oʻrin olgan Yaponiyaga (2:1) qarshi oʻyindan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
"Jamoamizning eng katta kuchi — ruhiy tayyorgarligi. Hujumkor futbol o'ynab, raqibga bosim o'tkazishda davom etdik.
Jahon chempionatida zaxiradan maydonga tushadigan futbolchilarni qadrlash juda muhim. Endrik zaxiradan tushib, yaxshi o'yin ko'rsatdi. Martinelli ham ajoyib futbolchi, Rayan esa Rafinyaning o'rnini a'lo darajada to'ldirdi.
Bu — jamoaning ruhiy tayyorgarligi. Bu tarkib esa jahon chempionligini qo'lga kiritishga qodir", — dedi Kazemiro FIFA rasmiy saytiga.
Kazemiro: "Braziliya jahon chempionligini qo'lga kiritishga qodir"
Futbol
29 iyun, 18:20
"Pentakampeonlar" yarimhimoyachisi Yaponiya bilan bahsdan so'ng fikrlarini bildirdi.
Foto: Getty Images
29.06.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Braziliya
2
:
1
Yaponiya