Live
1
O'zbek

Anchelotti Yaponiyaga qarshi bahsda Neymarnı tushirmagani sababini aytdi

Futbol
29 iyun, 17:55
34 yoshli futbolchi 1/16 final o'yinida zahirada qoldirildi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Anchelotti Yaponiyaga qarshi bahsda Neymarnı tushirmagani sababini aytdi
Foto: Getty Images
29.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Braziliya Braziliya 2 : 1 Yaponiya Yaponiya

Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti JCH-2026 1/16 yinalidan oʻrin olgan Yaponiyaga (2:1) qarshi bahsda Neymarni maydonga tushirmagani sababini izohladi.

«Neymarnı qo'shimcha bo'limlar uchun asrab qo'ygandik.U bilan gaplashdim — 60 yoki 65-daqiqada zahiradan maydonga tushishi mumkin edi. Ammo biz hisobni tenglashtirdik va shuning uchun o'yin tuzilishini o'zgartirmaslikka qaror qildim, chunki jamoa bahsni nazorat qilayotgan edi.

Bizda ham maydonda, ham zahira o'rindig'ida yetarlicha imkoniyatlar bor. Futbolchilarning individual mahorati yuqori ekani juda yaxshi. Buni qadrlashimiz kerak. Bu juda mas'uliyatli o'yin edi. Yaponiya oson raqib emas, ular — juda yaxshi tashkil etilgan jamoa»
, — deya Anchelottining so'zlarini keltiradi Globo Esporte.

Ma'lumot uchun, 34 yoshli Neymar ushbu mundilda faqat bir o'yinda — 3-turni o'rin olgan Shotlandiyaga (3:0) qarshi bahsda zahiradan tushirildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Yaponiya Yaponiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar