Bugun
3
O'zbek

Sano: «Natija hammasidan muhim, demak biz hali yetarlicha kuchli emasmiz»

Futbol
30 iyun, 04:32
Yaponiya yarimhimoyachisi Braziliyaga qarshi alamli mag‘lubiyatdan so‘ng fikr bildirdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Sano: «Natija hammasidan muhim, demak biz hali yetarlicha kuchli emasmiz»
Foto: Getty Images
29.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Braziliya Braziliya 2 : 1 Yaponiya Yaponiya

Yaponiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Kayshu Sano JCH-2026 1/16 finalida Braziliyadan qabul qilib olingan alamli mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Yaponiya uchrashuvda hisobni aynan Sanoning goli bilan ochgan edi. Biroq Braziliya Kasemiro orqali muvozanatni tikladi, qo‘shib berilgan daqiqalarning oltinchisida esa Gabriel Martinelli g‘alaba golini urdi.

«Menimcha, futbolda eng muhimi natija. Shu bois juda xafaman, chunki bu jamoa musobaqani bunchalik erta tark etmasligi kerak edi. Ammo so‘nggi daqiqalarda shunday tarzda mag‘lub bo‘lishimiz hali yetarlicha kuchli emasligimizni ko‘rsatdi.

Shunga qaramay, biz qilayotgan ishlar noto‘g‘ri emas. Menimcha, shu paytgacha bosib o‘tgan yo‘limiz bilan faxrlanishimiz mumkin», — dedi Sano.

JCH-2026 Yaponiya uchun tarixdagi sakkizinchi mundial bo‘ldi. Samuraylar guruh bosqichida Niderlandiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynab, Tunisni 4:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Ammo pley-offning ilk bosqichida Braziliyaga imkoniyatni boy berib, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani takrorlay olmadi.

Jamoa sardori vazifasini bajargan Ko Itakura ham turnirning bu bosqichda yakunlanganidan afsusdaligini bildirdi.

«Bu jamoa musobaqani aynan shu bosqichda yakunlaydi, deb hech qachon o‘ylamagandim», — dedi himoyachi.

Yaponiya turnirni tark etgach, JCH-2026 pley-offida Osiyo sharafini faqat Avstraliya milliy jamoasi himoya qilishda davom etmoqda. Avstraliyaliklar 1/16 finalda Misrga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Yaponiya Yaponiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar