Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2026 yilgi jahon chempionati 1/16 final bosqichidagi Yaponiyaga qarshi o‘yin (2:1)dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
"Biz bu haqda turnir boshlanishidan oldin ham gaplashgandik. Futbolda xatolar bo‘ladi va ulardan to‘liq qochib bo‘lmaydi. Ideal jamoa mavjud emas.
Muhimi — jamoa xatolarga qanday munosabat bildirishidir. Biz aynan shu jihat ustida ishlyapmiz.
Hech kim gol urishimizga shubha qilmagandi. Ikkinchi taymda o‘yinimizni yaxshiladik va raqibning tezkor hujumlariga imkon bermaslikka harakat qildik. Bosimni his qilish — bu tabiiy holat. Futbolda bu yangilik emas.
G‘alabadan keyin yengillikni his qilish ham tabiiy. Men doimo shuni yodda tutamanki, mag‘lubiyatdan keyin bu yerda turish ancha og‘ir bo‘ladi.
Menimcha, hozircha bu turnirdagi eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazdik. Birinchi bo‘limda vaziyatlar yaratish qiyin kechdi, raqib himoyada juda zich o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limda esa qanotdan uzatmalar va jarima maydoniga ko‘proq to‘p yetkazish orqali yechim izladi.
O‘sish yaqqol ko‘rindi. Bugun yuzaga kelgan muammolarga qarshi yechim topishga harakat qildik", — dedi Anchelotti Globo nashriga bergan intervyusida.
Ma'lumot o‘rnida, Braziliya milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 final bosqichida Kot-d'Ivuar — Norvegiya uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.