Live
1
O'zbek

Moriyasu: «Yaponiyaliklardan uzr so‘rayman. Javobgarlikni o‘z zimmasiga olaman»

Futbol
29 iyun, 16:40
«Samuraylar» ustozining Braziliyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Moriyasu: «Yaponiyaliklardan uzr so‘rayman. Javobgarlikni o‘z zimmasiga olaman»
Foto: Getty Images
29.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Braziliya Braziliya 2 : 1 Yaponiya Yaponiya

Yaponiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Hajime Moriyasu JCH-2026 1/16 finalidan oʻrin olgan Braziliya (1:2) bilan oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.

«Biz yaponiyaliklar uchun g‘alaba qozona olmaganimizdan chuqur afsusdaman. Bosh murabbiy sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olaman va barchadan uzr so‘rayman.

Shuningdek, Hyustondagi stadionga kelib, bizni qo‘llab-quvvatlagan ko‘p sonli yaponiyalik muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Bundan tashqari, Yaponiyada ham, dunyoning turli burchaklarida ham ko‘pchilik tun yarmida televizor yoki internet orqali o‘yinni kuzatib, bizga dalda berganlarni yaxshi bilaman.

Musobaqadagi ishtirokimizni aynan shu yerda yakunlash juda og‘ir. Ammo futbolchilar bu o‘yinda bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishdi. Ular bu kungacha bo‘lgan tayyorgarlik jarayonida har bir kunni qadrlab, ulkan fidoyilik bilan mehnat qilishdi. Murabbiylar shtabi va butun jamoa ham shu yo‘l davomida beqiyos sadoqat va jonbozlik ko‘rsatdi.

Qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. Hozir chuqur tushkunlikka tushgan bo‘lsak-da, bu natijani qabul qilib, kelajakda yanada yaxshiroq bo‘lib qaytish uchun undan kuch va rag‘bat olamiz»,
— deya Moriyasuning so‘zlarini keltiradi Globo Esporte.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Yaponiya Yaponiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar