Live
1
O'zbek

Rasman: "Chikago Fayr" Levandovski transferini e'lon qildi

Futbol
29 iyun, 16:15
37 yoshli hujumchi faoliyatini MLSda davom ettiradi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Rasman: "Chikago Fayr" Levandovski transferini e'lon qildi
Foto: Chicago Fire

"Chikago Fayr" klubi Robert Levandovski transferini e'lon qildi.

"Barselona" va "Bavariya"ning 37 yoshli sobiq hujumchisi MLS klubi safiga erkin agent sifatida o'tdi.

Amerika klubi polshalik futbolchini "sokkerning butunjahondagi ramzi" deb tanishtirdi.

Shartnoma 2027/28 yilgi mavsum so'ngigacha mo'ljallangan.

Ma'lumot uchun, Levandovski o'tgan mavsumda La Ligada 31 o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urgani va yana 2 ta golga assistentlik qilgani ma'lum.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chicago Fire FC Chicago Fire FC
  • MLS USA MLS USA
Bugungi yangiliklar