"Manchester Siti" bosh murabbiy sifatida Enso Mareskani tanishtirdi. Italiyalik mutaxassis klub bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
Bu Mareskaning "Manchester Siti"ga uchinchi bor qaytishi hisoblanadi. Enso ilgari Pep Gvardiola bilan birga ishlagan.
Ma'lumot uchun Mareska avvalroq "Chelsi"ni boshqargan va 2026 yilning yanvar oyida iste'foga chiqqan edi.
"Manchester Siti" esa mavsum yakuniga yetganidan so'ng Gvardiola bilan xayrlashgandi. Ispaniyalik mutaxassis 10 yillik faoliyatidan so'ng "shaharliklar"ni tark etgandi.