«Nyukasl» klubi yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirish ustida ish olib bormoqda.
Sky Sports xabariga ko'ra, «qarg'alar» «Frayburg» yarimhimoyachisi Yoxan Manzambi tushgan.
Klub 20 yoshli shveytsariyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Klub rahbariyati Manzambani kelajak uchun katta salohiyatga ega futbolchilardan biri sifatida baholamoqda.
«Frayburg» esa o'z futbolchisini arzon narxga qo'yib yubormoqchi emas. Germaniya klubi Manzambani taxminan 50 million evroga baholamoqda.
O'tgan mavsumda Yoxan nemis klubi safida barcha turnirlar doirasida 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 9 ta assistni qayd etdi.