«Manchester Yunayted» klubi vinger Amad Diallo bo‘yicha bir qarorga keldi. Bu haqida insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» rahbariyati ivuarlik 23 yoshli futbolchini sotishni rejalashtirmayapti.
Unga bir qator klublar qiziqish bildirgan bo‘lsa-da, «Manchester Yunayted» hech qanday taklifni ko‘rib chiqish niyatida emas.
Klubda Amad Dialloni asosiy tarkibning muhim futbolchilaridan biri sifatida ko‘rishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, futbolchining «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar amal qiladi.
O‘tgan mavsumda u mankunianliklar safida 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.