«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Meyson Maunt yozgi transfer oynasida «Milan»ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
MilanPress xabariga ko‘ra, «rossonerilar»ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim 27 yoshli futbolchini jamoasida ko‘rishni istamoqda. Portugaliyalik mutaxassis avvalroq Maunt bilan «Manchester Yunayted»da birga ishlagan.
Manbaga ko‘ra, ingliz futbolchisining transfer narxi 25 million yevroga baholanmoqda. Biroq muzokaralar davomida ushbu summa kamayishi mumkin.
Shuningdek, Meyson Mauntning o‘zi ham Amorim bilan yana birga ishlashga tayyor ekani ta'kidlanmoqda.
O‘tgan mavsum yarimhimoyachi barcha musobaqalarda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Mauntning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.