Live
3
O'zbek

«Real» Chuamenini 120 million yevrodan arzonroqqa sotmaydi

Futbol
28 iyun, 09:31
Orelen Chuamenining Madrid klubidagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Real» Chuamenini 120 million yevrodan arzonroqqa sotmaydi
Foto: Getty Images

Bu haqda Defensacentral xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Madrid klubi fransiyalikni ushbu yoz sotib yuborish kerak bo‘lgan futbolchi, deb hisoblamaydi. Biroq agarda munosib taklif tushsa, klub uni ko‘rib chiqishga tayyor.

«Qaymoqranglilar» yarimhimoyachi transferi masalasini faqatgina 120 million yevro va undan kattaroq summa taklif qilingan taqdirda ko‘rib chiqadi. Chuameni xizmatlariga hali ham «Manchester Yunayted» klubi qiziqish bildirmoqda. Inglizlar futbolchining maosh borasidagi talablarini bajarishga ham tayyorligi aytiladi.

Eslatib o‘tamiz, Orelen Chuameni «Real»ga «Monako»dan 2022-yilda 80 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning «qaymoqranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan.

2025/26-yilgi mavsumda yarimhimoyachi klub safida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar