Angliya terma jamoasi hujumchisi Garri Keyn 2026-yilgi jahon chempionati guruh bosqichining 3-turida Panamaga qarshi o‘yinda gol urdi va jahon chempionatlarida to‘purarlik bo‘yicha yangi milliy rekord o‘rnatdi.
Endilikda 32 yoshli angliyalik mundiallarda milliy jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Uning hisobida 11 ta gol bor. Shu bilan birga, Keyn 1986 va 1990-yilgi Jahon chempionatlarida 12 o‘yinda 10 ta gol urgan Gari Linekerga tegishli rekordni yangiladi.
Umuman olganda, Keyn ushbu jahon chempionatida uchta o‘yin o‘tkazib, uchta gol urdi. Angliya ikki o‘yindan so‘ng JCH-2026 pley-off bosqichiga chiqishni kafolatlab ulgurgandi.
Ma’lumot uchun, pley-off bosqichining ilk o‘yinida inglizlar so‘nggi turda O‘zbekiston milliy jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, musobaqadagi ishtirokini davom ettirayotgan Kongo DRga qarshi maydonga tushadi.