Live
2
O'zbek

Keyn Angliya tarixidagi eng yaxshi mundial to‘purariga aylandi

Futbol
27 iyun, 18:40
Hujumchi Gari Lineker rekordini ortda qoldirdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Keyn Angliya tarixidagi eng yaxshi mundial to‘purariga aylandi
Foto: Getty Images
27.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Panama Panama 0 : 2 Angliya Angliya

Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keyn Jahon chempionatlari tarixida mamlakatining eng yaxshi to‘purariga aylandi.

JCH-2026 guruh bosqichining 3-turida Panamaga qarshi bahsda Keyn 67-daqiqada gol urib, jamoasining hisobdagi ustunligini 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Ushbu gol 31 yoshli hujumchi uchun Jahon chempionatlaridagi 11-gol bo‘ldi. Natijada u Angliya milliy jamoasining mundiallar tarixidagi eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Avvalgi rekord Gari Linekerga tegishli edi. Sobiq hujumchi Jahon chempionatlarida Angliya safida 10 ta gol urgandi.

Harri Keyn 2015 yildan buyon Angliya safida to‘p tepmoqda. Shu vaqt ichida u 117 ta uchrashuvda maydonga tushib, mamlakat milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar maqomini ham egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Panama Panama
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar