Live
2
O'zbek

Tuxel: «Keyn mundialga ajoyib holatda yetib kelgan»

Futbol
28 iyun, 10:05
Angliya milliy jamoasi jahon chempionati guruh bosqichini Panama ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0) bilan yakunladi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Tuxel: «Keyn mundialga ajoyib holatda yetib kelgan»
Foto: Getty Images
27.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Panama Panama 0 : 2 Angliya Angliya

Bahsdan so‘ng inglizlar ustozi Tomas Tuxel jamoa forvardi Harri Keynning tarixiy rekordni yangilagani haqida gapirib o‘tdi.

O‘yinda gollardan biriga mualliflik qilgan «Bavariya» hujumchisi (11 ta gol) Angliya milliy jamoasining jahon chempionatlaridagi eng yaxshi to‘purari Linekerga tegishli bo‘lgan rekordni (10) yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

«Jamoadagi hamma Harri uchun xursand, chunki u istalgan futbolchi uchun ajoyib sherki hisoblanadi. Harri zo‘r holatda mundialga yetib kelgan - psixologik jihatdan ham, jismoniy jihatdan ham. U musobaqadagi yo‘lni to‘liq bosib o‘tmoqchi va undan avval to‘xtab qolish niyatida emas», - dedi Tuxel o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Angliya L guruhidan yetakchi sifatida 1/16 finalga yo‘l oldi va endi Kongo DRga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Panama Panama
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar