Angliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi Harri Keynning o‘yin yuklamasi va jismoniy holati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Avvalgi yirik turnirlarda Keyn musobaqaning hal qiluvchi bosqichlariga yaqinlashgani sari charchab qolayotganini ko‘rganmiz. Panama bilan bahsda u 84 daqiqa maydonda harakat qildi. Hisob 2:0 bo‘lgach, men uni almashtirgan bo‘lardim.
Shunda Keyn o‘yinning so‘nggi 20 daqiqasini o‘ynamagan bo‘lardi. Aynan shu pallada futbolchilar eng ko‘p charchaydi. Garet Sautgeyt davrida ham shunday holatni ko‘rganmiz — u Harri Keynni deyarli hech qachon maydondan olmasdi.
Umid qilamanki, Tomas Tuxel buni inobatga oladi va Keynga dam olish imkoniyatini beradi», — dedi Runi BBC'ga.
Eslatib o‘tamiz, Harri Keyn JCH-2026 guruh bosqichining 3-turida Panamaga qarshi bahsda gol urib, Angliyaning 2:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shgan edi.