Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jud Bellinghem milliy jamoadagi o‘yin uslubi va maydondagi pozitsiyasi haqida fikr bildirdi.
«Angliya milliy jamoasida men «Real»dagiga qaraganda oldinroq pozitsiyada harakat qilyapman. Ammo bunda hech qanday muammo yo‘q. Eng muhimi — jamoaga yordam bera olish», — dedi Bellinghem.
Eslatib o‘tamiz, Bellinghem JCH-2026 guruh bosqichining so‘nggi turida Panamaga qarshi bahsda gol urib, Angliyaning 2:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Inglizlar 7 ochko bilan L guruhida birinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga yo‘l oldi.