O'zbekiston milliy jamoasi vingeri Abbosbek Fayzullayev jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirok haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
— Natiyajaga qaramay, orzu ushaldi deb aytish mumkinmi?
— Jahon chempionatida o'ynadik, ammo buning o'zi yetarli emas. Men g'alaba qozonishni xohlayman. Buni uddalay olmadik.
Hozir juda charchaganman. Umid qilamanki, keyingi jahon chempionatiga ham chiqamiz va u yerda g'alabalarga erishamiz.
— Bundan yaxshiroq o'ynay olarmidingiz yoki bu bor kuchingiz bilan o'ynaganingizmidi?
— Yo'q, bu bizning bor salohiyatimiz emas. Biz nimalarga qodir ekanligimizni bilamiz. Yaxshiroq futbol o'ynay olamiz», — dedi Fayzullayev.
Qayd etish lozim, O'zbekiston milliy jamoasi guruh bosqichidagi uchala uchrashuvda ham mag'lub bo'lib, musobaqani 2:11 to'plar farqi bilan yakunladi.