Kongo DR milliy jamoasi hujumchisi Yoan Vissa O‘zbekistonga qarshi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
K guruhidan o‘rin olgan so‘nggi tur uchrashuvi yakshanba tongida bo‘lib o‘tdi va afrikaliklar 3:1 hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Vissa bellashuvda dubl qayd etib, jamoasining tarixiy yutug‘iga katta hissa qo‘shdi.
Ma'lumot o‘rnida, 29 yoshli futbolchi Angliyaning «Nyukasl» klubi sharafini himoya qiladi. Ushbu gollar Vissaning turnirdagi uchinchi goliga aylandi. U avvalroq guruh bosqichining 1-turida Portugaliyaga qarshi 1:1 hisobida yakunlangan bahsda ham raqib darvozasini ishg‘ol qilgandi.