Rossiyalik murabbiy Igor Kolivanov Oʻzbekiston milliy jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki haqida fikr bildirdi.
"Bu yerda baholaydigan narsaning oʻzi yoʻq. Ular final bosqichiga chiqqanining oʻzi katta yutuq. Albatta, tajriba yetishmadi.
Balki yanada uyushqoqlik bilan oʻynashlari ham mumkin edi. Kabo-Verde futbolchilari oxirigacha kurashdi, himoya chizigʻini yaxshi ushlab turdi. Murabbiy yuklagan vazifalarni bajarishdi.
Oʻzbekiston esa tarqoqlikda koʻrindi, yaxlitlik yetishmadi. Shuning uchun ham koʻp gol oʻtkazib yuborildi.
Ularning futbolchilari katta klublarda oʻynamaydi. Faqat Italiyada ham, Rossiya chempionatida ham toʻp tepgan Shomurodovni istisno qilish mumkin.
"Manchester Siti"da oʻynaydigan himoyachi Husonov bor, ammo u ham bu turnirda jiddiy xatolarga yoʻl qoʻydi. Jamoa oʻrtacha saviyada.
Harakat qilib koʻrishdi, ammo oʻxshamadi. Futbolda bunday holatlar boʻlib turadi", — dedi Kolivanov.
Maʼlumot oʻrnida, Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa guruh bosqichidagi uchala uchrashuvda ham magʻlubiyatga uchradi — Kolumbiyaga (1:3), Portugaliyaga (0:5) va Kongo DRga (1:3).