Taniqli Sofascore statistik portali jahon chempionati guruh bosqich 3-tur doirasidagi Kongo DR — Oʻzbekiston bahsi (3:1)dan soʻng futbolchilarga qoʻyilgan ballarni ma'lum qildi.
Unga koʻra, «oq boʻrilar»ning yagona goliga mualliflik qilgan Eldor Shomurodov va unga assistentlik qilgan Akmal Mozgovoy eng yuqori ballga loyiq koʻrildi — 6,9. Keyingi oʻrinlarni 6,7 ball olgan Sherzod Nasrullayev va Otabek Shukurov band etgan. Bellashuvda eng past baholangan futbolchi esa Abduqodir Husonov boʻldi — 5,8.

Foto: Sofascore

Foto: Sofascore