Bugun
7
O'zbek

JCH-2026. O‘zbekiston Kongoga achchiq tarzda mag‘lub bo‘ldi, Portugaliya Kolumbiya bilan durang o‘ynadi

Futbol
27 iyun, 21:32
Afrikaliklar ham Portugaliya va Kolumbiya bilan birga pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
JCH-2026. O‘zbekiston Kongoga achchiq tarzda mag‘lub bo‘ldi, Portugaliya Kolumbiya bilan durang o‘ynadi
Foto: Getty Images
27.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi 3 : 1 O‘zbekiston O‘zbekiston

Jahon chempionatida 3-tur bahslari davom etmoqda. K guruhida so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Kongo DRga mag‘lub bo‘lib, ochkosiz holda so‘nggi o‘rindan joy oldi. Portugaliya esa Kolumbiya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Shu tariqa, kongoliklar ham Portugaliya va Kolumbiya bilan birga pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

JCH-2026. K guruhi. 3-tur
Kongo DR — O‘zbekiston 3:1
Gollar:
Mayele 78, Vissa 68 (pen), 90+1 (dubl) — Shomurodov 10.

Kongo DR — Mpasi, Van-Bissaka, Tuanzebe, Mbuku (Elia 73), Mutussami (Bongonda 73), Chupenga (Mukau 73), Sadiki, Bakambu (Mayele 51), Vissa, Mbemba, Masuaku (Kayembe 83).
O‘zbekiston — Ne'matov, Husonov, Alijonov, Ashurmatov, Mozgovoy (Iskanderov 82), Shukurov (G‘aniev 59), Nasrullayev, Hamdamov (Hamrobekov 59), O‘rozov (Sergeev 82), Fayzullayev (O‘runov 73), Shomurodov.

Ogohlantirishlar: Sadiki 21, Husonov 43, Mbuku 45+5, Nasrullayev 48, Mutussami 62.

Kolumbiya — Portugaliya 0:0

Kolumbiya — Vargas, Lukumi, S. Arias (Munios 87), Puerta, Sançes, Machado, Lerma (Rios 60), Rodriges (Quintero 76), J. Arias (Kastano 76), Dias, Kordoba (Suares 60).
Portugaliya — Koshta, Kanselu (Dalot 46), Veiga, Diash, Mendesh (Nunes 90+2), R. Nevesh (J. Nevesh 46), Vitinya (Koshta 70), Brunu Fernandesh, Feliks (Leau 70), Netu, Ronaldu.

Ogohlantirish: Puerta 86.

K guruhidagi holat:

1. Kolumbiya — 7 ochko, 2 g‘alaba, 1 durang, 4:1;

2. Portugaliya — 5 ochko, 1 g‘alaba, 2 durang, 6:1;

3. Kongo DR — 4 ochko, 1 g‘alaba, 1 durang, 1 mag‘lubiyat, 4:3;

4. O‘zbekiston — 0 ochko, 3 mag‘lubiyat, 2:11.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar