Norvegiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Stole Solbakken jahon chempionati-2026 1/16 final bosqichida Kot-d’Ivuar milliy jamoasiga qarshi kechadigan bahs oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs 30 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 start oladi.
«Kot-d’Ivuar jamoasida yarimhimoya chizig‘i balansga ega: maydon bo‘ylab tez harakat qila oladigan va o‘yinni barqarorlashtira oladigan pleymeyker. Shuningdek, ularning tarkibida ikki nafar yaxshi vinger, to‘p bilan muomalada ham, himoyachilarning ortidagi bo‘sh zonalarga ochilishni ham biladigan markaziy hujumchi, ikki nafar baquvvat markaziy himoyachilar. Biz juda sifatli jamoa haqida gapiryapmiz, ammo biz ham o‘zimizning maksimal imkoniyatlarimizdan foydalana olsak, kuchli jamoamiz. Shunday ekan nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Biz tarkibdagi o‘zgarishlar evaziga asosiy futbolchilarimizga dam berdik, shu sababli jismoniy holatimiz bo‘yicha raqib bilan bir xil holatdamiz, nazarimda, ana shu faktor eng muhimlaridan biri hisoblanadi», — deya Solbakken so‘zlaridan iqtibos keltirdi FIFA rasmiy sayti.