Norvegiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Stole Solbakken JCH-2026 1/16 finalida Kot-d’Ivuarga qarshi bo‘ladigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Kot-d’Ivuar yarimhimoyasida yaxshi muvozanat bor. Ularda o‘yinni tashkil qila oladigan pleymeyker va jamoa o‘yinini barqarorlashtiradigan futbolchi mavjud. Shuningdek, ikkita kuchli vinger, to‘pni ushlab tura oladigan va himoyachilar ortiga chiqishni biladigan hujumchi hamda ikkita jismonan baquvvat markaziy himoyachiga ega.
Ular juda sifatli jamoa. Ammo biz ham o‘z imkoniyatlarimizni to‘liq namoyon qilsak, kuchli jamoamiz. Endi maydonda nima bo‘lishini ko‘ramiz.
Fransiyaga qarshi o‘yinda tarkibni rotatsiya qilganimiz sabab futbolchilarimiz qo‘shimcha bir kun dam oldi. Endi jismoniy tayyorgarlik borasida raqib bilan teng sharoitda bo‘lamiz. Menimcha, aynan jismoniy ustunlik Kot-d’Ivuarning eng kuchli tomonlaridan biri», — dedi Solbakken FIFA rasmiy saytiga.
Norvegiya va Kot-d’Ivuar o‘rtasidagi JCH-2026 1/16 final uchrashuvi 30 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.