«Sanderlend» yarimhimoyachi Granit Jakaning «Chelsi»ga o‘tishi haqidagi xabarlarni rad etdi.
Sky Sports xabariga ko‘ra, avvalroq matbuotda London klubi 33 yoshli futbolchi uchun 30 million yevro taklif qilgani haqida ma'lumotlar tarqalgan. Biroq «Sanderlend» bunday taklifni olmaganini bildirgan.
Shuningdek, manbaga ko‘ra, klub Jakani sotishni rejalashtirmayapti va tajribali yarimhimoyachi yangi mavsumni ham «qora mushuklar» safida boshlashi kutilmoqda.
O‘tgan mavsumda Granit Jaka barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Futbolchining «Sanderlend» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyuniga qadar amal qiladi.