"Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso Enso Fernandesning kelajagi haqida fikr bildirdi.
Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisining "Real" yoki "Manchester Siti"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Enso — "Chelsi" o'yinchisi, u yuqori darajadagi futbolchi. Jamoa bilan birga mashg'ulot o'tkaza boshlaganidan beri juda yaxshi tayyorgarlik ko'rmoqda va jamoaga juda yaxshi moslashgan.
Ensodan mamnunmiz va u dushanba kungi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda", — dedi Alonso.
Fernandes "Chelsi"da qolish istagini bildirgan-bildirmagani haqidagi savolga ispan mutaxassis shunday javob berdi: "U juda yaxshi mashg'ulot o'tkazmoqda, kayfiyati ham yaxshi. Biz aynan shuni xohlaymiz. U Premyer-liga startiga tayyorgarlik ko'rish uchun bor kuchini sarflamoqda".
24-avgust kuni APL 1-turi doirasida "Chelsi" safarda "Fulhem"ga qarshi o'ynaydi.
"Enso juda yaxshi mashg'ulot o'tkazmoqda" — Alonso argentinalik futbolchining "Chelsi"dagi kelajagi haqida gapirdi
Futbol
21 avgust, 01:13
Yarimhimoyachining "Real" yoki "Man Siti"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi