Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio vinger Vinisius Juniorning yangi shartnoma imzolagani haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bu men uchun kutilmagan hol bo‘lgani yo‘q. Menga vaziyat haqida aytib berishganida, yagona savolim shunday bo‘lgan: «U qolishni istaydimi yoki yo‘q?» Menga u qolmoqchiligini aytishdi, shu sababli xotirjam edim. U dunyoning TOP-10 eng kuchli futbolchilaridan birimi yoki yo‘q, baho berishni istamayman. Lekin u eng yaxshilardan biri ekanligi aniq, eng yaxshilar esa «Real»da to‘p tepishi kerak», — deya Mourinio so‘zlaridan iqtibos keltiradi Ispaniyaning Diario AS gazetasi.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli Vinisius o‘tgan mavsumda klub safida 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 14 bor sheriklariga golli uzatma yetkazib berdi.