"Barselona"ning sobiq sardori Karles Puyol "Real"ga qarshi eng sevimli o'yinini aytdi.
"Menga ko'plab "El klasiko"larda o'ynash nasib qilgan, ammo 2009 yil may oyidagi 6:2 hisobidagi g'alaba eng ko'p yodimda qolgan.
Bu juda murakkab mavsum edi, Gvardiolaning "Barselona" bosh murabbiyi sifatidagi ilk mavsumi bo'lgan. Mavsumning birinchi qismini juda yaxshi o'tkazdik, ammo Madrid klubi ochkolar farqini qisqartirib borayotgan edi.
Bizda 4 ochkolik ustunlik bor edi, chempionat yakuniga esa to'rtta tur qolgan edi. Biz Madridda chempionlikni amalda ta'minlab bergan ajoyib g'alabaga erishdik", — dedi Puyol EFE va ESPN jurnalistlariga bergan intervyusida.
Puyol "Real"ga qarshi eng yodda qolgan o'yinni aytdi
Futbol
20 avgust, 14:36
"Barselona" sobiq sardori chempionlikni hal qilgan bahsni tilga oldi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi