"Lids" Niko Elvedini Myonxengladbaxning "Borussiya" klubidan transfer qilganini e'lon qildi.
Jurnalist Ben Jeykobs ma'lumotiga ko'ra, transfer qiymati 8 mln yevroni tashkil etgan. Yana 2 mln yevro bonuslar ko'rinishida to'lanishi mumkin.
Shveytsariyalik Elvedi avvalgi mavsumda Bundesligada 33 o'yin o'tkazib, 2 ta golga assistentlik qilgan.
Shuningdek, "Lids" himoyachi Sebastian Bornauvning "Hamburg"ga ijaraga berilganini ham ma'lum qildi. Hujumchi Yoel Piru esa "Vest Hem"ga ijaraga berildi.
"Lids" o'tgan mavsumda APLda 47 ochko bilan 14-o'rinni egallagan. Jamoa yangi mavsumni 22 avgust kuni "Nottinghem Forest"ga qarshi bahs bilan boshlaydi.
"Lids" Elvedini sotib olib, Bornauv va Piruni ijaraga berdi
Futbol
20 avgust, 15:31
APL klubi bir qancha transferlarni e'lon qildi.
Foto: Leeds United