Bu haqda «Barselona» matbuot xizmati klubning rasmiy sahifalari orqali xabar berdi. Futbolchi kataloniyaliklar bilan 3-yillik bitim imzoladi.
Avvalroq, portugaliyalik himoyachi Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi bilan kelishuvni bekor qilish borasida kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu esa futbolchi «Barselona» safiga qo‘shilishiga imkon berishi oydinlashgandi. Kanselu bungacha ijara huquqi asosida ispan klubi safida to‘p tepgan.
Ma’lumot uchun, «Barselona» Ispaniya chempionati yangi mavsumidagi ilk o‘yinini 23-avgust kuni safarda «Elche»ga qarshi o‘tkazadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi