Londonning «Arsenal» klubi sobiq futbolchisi Pol Merson jamoa yangi mavsumda Angliya chempioni nomini himoya qilish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega, deb hisoblamoqda.
«Hozir «Arsenal»ni to‘xtatib qola oladigan jamoani ko‘rmayapman. Jamoa APLda ancha ishonchli tarzda g‘alaba qozonadi. Ichki chempionatda ularning zaif nuqtalarini ko‘rmayapman. Agarda gap Chempionlar Ligasi haqida ketadigan bo‘lsa, bir nechta zaifroq pozitsiyalar mavjud», - deya mutaxassis so‘zlaridan iqtibos keltirdi Sky Sports.
Mersonning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi «Arsenal» unga bir necha yil avvalgi «Manchester Siti»ni eslatib yubormoqda. O‘shanda Angliyada «shaharliklar» dominantlik qilgan edi. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, hozir «to‘pchilar» tarkibida har bir chiziq uchun kamida ikki nafardan futbolchi bor.
Eslatib o‘tamiz, ertaga, 21-avgust kuni Mikel Arteta jamoasi APL 1-turi doirasida «Koventri»ga qarshi maydonga tushadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi