Italiyalik hujumchi Vinchenso Grifo Germaniya futbolining yuqori ligasidagi faoliyatini davom ettiradi: u «Frayburg» bilan shartnomasini uzaytirdi.
Ma’lumot uchun, 360 ta o‘yinda 108 ta gol urgan Grifo nemis klubi tarixidagi eng yaxshi to‘purar — «Frayburg»ning haqiqiy afsonasi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, ushbu hamkorlik 2015-yilda, futbolchi 23 yoshligida jamoaga «Hoffenhaym»dan o‘tganida boshlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya chempionatining yangi mavsumi 28-avgustda boshlanadi va birinchi turda «Frayburg» o‘z maydonida «Verder»ga qarshi o‘ynaydi. O‘tgan mavsumda Grifoning klubi yakuniy jadvalda 7-o‘rinni egallagan edi.