Bugun
51
O'zbek

«Bavariya» Musialaga o‘rinbosar izlamaydi

Futbol
20 avgust, 04:47
Klubda bu borada aniq qaror qabul qilingan.
«Bavariya» Musialaga o‘rinbosar izlamaydi
Foto: Gettyimages

«Bavariya»da qat’iy qaror qabul qilindi: klub Jamol Musiala o‘rniga boshqa o‘yinchi izlamaydi. Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, klub Musialani yuz foiz qo‘llab-quvvatlaydi. Myunxenliklar futbolchiga tiklanishi uchun vaqt beradi.

Qayd etilishicha, «Bavariya»da «o‘nlik» pozitsiyasiga bir nechta muqobil nomzodlar, jumladan Lennart Karl, Ismoil Saybari va Serj Gnabri bor.

Avvalroq Jamol Musiala o‘zidagi nevrologik disfunksiya haqida gapirib bergan edi. Aynan shu muammo sababli futbolchi so‘nggi ikki o‘yinda hushidan ketgan. Futbolchining aytishicha, uning sog‘lig‘iga boshqa xavf yo‘q, ammo u davolanishi talab etiladi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar