Bugun
51
O'zbek

Keyn: «Bundesliga – hujumchilar ligasi»

Futbol
20 avgust, 04:22
«Bavariya» klubi hujumchisi Germaniya chempionati haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Keyn: «Bundesliga – hujumchilar ligasi»
Foto: Gettyimages

«Bavariya» klubining angliyalik forvardi Harri Keyn Germaniya chempionati borasidagi fikrlarini bildirdi. O‘tgan mavsum Keyn Bundesligada 36 ta gol urib, «Oltin butsa»ga ega chiqdi.

«Bu chempionat juda hujumkor hisoblanadi. Hattoki hisob 2:0 yoki 3:0 bo‘lib turgan bo‘lsa-da, barchasi o‘zgarib ketishi hech gap emas. u hujumchilar ligasi. Ko‘plab jamoalar gol urishni va g‘alaba qozonishni istaydi. Bu bizga to‘g‘ri keladi, sababi bizning ham istak shu – gollar urish va zafar quchish», - deya Keyn so‘zlaridan iqtibos keltirdi Goal.

Ma’lumot uchun, «Bavariya» 2026/2027-yilgi mavsum startiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Shanba, 22-avgust, kuni Vensan Kompani shogirdlari Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi Germaniya Superkubogida maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar