«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn klub bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar qachon boshlanishi haqida gapirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.
«Shartnomam bo‘yicha atigi bir yil qoldi, shuning uchun hozir bu haqda gaplashish uchun ayni vaqt. Bir hafta yoki yana bir haftadan so‘ng buni muhokama qilamiz. Har ikki tomon bu borada mutlaqo xotirjam», — dedi Keyn.
Ma’lumot uchun, Keyn 2023 yil yozida «Tottenhem»dan «Bavariya»ga o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Bavariya» ingliz hujumchisi bilan shartnomani 2029 yilgacha uzaytirishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi