Bugun
14
O'zbek

O'zFHM: "Navbahor" foydasiga belgilangаn penalti va Ismonaliyevning chetlatilishi — to'g'ri qaror"

Futbol
18 avgust, 00:40
O'zbekiston Futbol hakamlar markazi Superliga 17-tur o'yinlari tahlili davomida bir qator vaziyatlarni ko'rib chiqdi.
O'zFHM: "Navbahor" foydasiga belgilangаn penalti va Ismonaliyevning chetlatilishi — to'g'ri qaror"
Foto: FC Andijon

O'zbekiston Futbol hakamlar markazi Superliganing 17-tur uchrashuvlari tahlili davomida bir qator vaziyatlarni ko'rib chiqdi va o'z xulosasini ma'lum qildi.

"Andijon" — "Neftchi" uchrashuvining 50-daqiqasida "Andijon" futbolchisi raqibga butsani tag qismi bilan qorin qismiga zarba berdi. Futbolchi ushbu jiddiy qoida buzarligi sababli bosh hakam tomonidan to'g'ridan-to'g'ri maydondan chetlatildi.

"Buxoro" — OKMK uchrashuvining 90+1-daqiqasida OKMK himoyachisi uzoq masofadan kelayotgan to'pga qo'li bilan tegdi. Bosh hakam va VAR hakami ushbu vaziyatda o'yinni davom ettirish qarorini qabul qildi. Lekin qo'lning to'pga nisbatan harakati sababli ushbu vaziyatda penalti belgilash zarur edi.

"Navbahor" — "Bunyodkor" uchrashuvining 17-daqiqasida "Bunyodkor" futbolchisi o'z jarima maydoni ichida raqib hujumchisining oyog'iga zarba berib, qoida buzdi. Shu sababli ushbu holatda bosh hakam vaziyatni to'g'ri baholab, penalti belgiladi.

"Navbahor" — "Bunyodkor" uchrashuvining 86-daqiqasida "Bunyodkor" himoyachisi jarima maydonida to'p uchun kurash jarayonida qo'lini cho'zib, tana hajmini notabiiy ravishda kengaytirgan va shu orqali to'p yo'lini to'sib qo'ygan. Hakamlar jamoasining penalti belgilash qarori to'g'ri bo'lgan.

"Nasaf" — "Paxtakor" uchrashuvining 37-daqiqasida "Paxtakor" jarima maydoni ichida himoyachi va hujumchi o'rtasida to'qnashuv sodir bo'ldi. Ushbu vaziyatda "Paxtakor" himoyachisi birinchi bo'lib to'pga o'ynadi va to'p raqib hujumchisiga tegib, maydonni tark etdi. Himoyachining harakatida qo'shimcha harakatlar qayd etilmadi va to'pga o'ynagandan keyingi to'qnashuv oddiy futbol kontakti hisoblanadi.

Maydondagi qaror burchak zarbasi bo'lganligi sababli VAR hakamlari yangi VAR protokoliga muvofiq, to'p hujumchidan chiqib ketganligi va darvoza zarbasi belgilanishi kerakligi haqida ma'lumot berdi", — deyiladi xabarda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar