Bugun
14
O'zbek

Bugun, Elit OChL va OChL-2 turnirining liga bosqichiga qur'a tashlanadi

Futbol
17 avgust, 23:45
Elit OChLda «Neftchi» va «Paxtakor» ishtirok etsa, OChL-2da «Nasaf» qatnashadi.
Bugun, Elit OChL va OChL-2 turnirining liga bosqichiga qur'a tashlanadi
Foto: Getty Images

Bugun, 18 avgust kuni Elit Osiyo Chempionlar Ligasi va Osiyo Chempionlar Ligasi-2 turnirining liga bosqichiga qur'a tashlanadi.

Elit Osiyo Chempionlar Ligasida O‘zbekiston sharafini Farg‘onaning «Neftchi» va Toshkentning «Paxtakor» klublari himoya qilsa, Osiyo Chempionlar Ligasi-2 turnirida Qarshining «Nasaf» klubi ishtirok etadi.

Qarshiliklar qatnashadigan musobaqaga qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da boshlanadi. Ikkinchi turnirga qur'a tashlash esa 13:00 dan boshlab start oladi.

Avvalroq «Paxtakor» o‘tish o‘yinida «Al Husayn»ni yirik hisobda yengib, Elit Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘llanma olgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar