Live
1
O'zbek

«Liverpul»ni Barkolaning pasaytirilgan narxi ham qoniqtirmayapti

Futbol
18 avgust, 07:00
«PSJ» va ingliz klubi fransiyalik vinger transferi borasida hali ham kelishuvga yaqinlashgani yo‘q.
«Liverpul»ni Barkolaning pasaytirilgan narxi ham qoniqtirmayapti
Foto: Getty Images

«Pari Sen-Jermen» va «Liverpul» Bredli Barkola transferi shartlari bo‘yicha hanuz kelisha olmayapti. Dastlab Parij klubi 23 yoshli vinger uchun qariyb 169 million yevro talab qilgandi. Bu summa «Liverpul»ni mutlaqo qoniqtirmagan.

Jurnalist Aleks Krukning ma’lumotiga ko‘ra, «PSJ» transfer narxini 149 million yevrogacha tushirishga tayyor. Biroq mersisaydliklar bu summani ham to‘lash niyatida emas.

Mish-mishlarga ko‘ra, «Liverpul» fransiyalik futbolchi uchun 100–110 million yevro taklif qilishga tayyor. Transfermarkt esa 23 yoshli Barkolaning bozor qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Bredli Barkola «PSJ» safida barcha turnirlarda 152 ta bahsda ishtirok etib, 39 ta gol urgan va 37 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, vingerning «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar