"PSJ" 9 ta o'yindan beri ilk bor "Lans"ni mag'lub eta olmadi.
Luis Enrike shogirdlari Frantsiya Superkubogi uchun bahsda "Lans"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu parijliklarning ushbu raqibga qarshi 2023 yil 1 yanvaridan beri ilk mag'lubiyati bo'ldi. O'sha kuni Liga 1 doirasidagi uchrashuv "Lans"ning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangandi.
Shundan keyin "PSJ" "Lans"ga qarshi 8ta o'yinda ketma-ket 8 ta g'alaba qayd etgandi. G'alabalardan biri Frantsiya kubogi doirasida penaltidan keyin qo'lga kiritilgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi