Live
20
O'zbek

Luis Enrike «PSJ»ning Fransiya Superkubogidagi tarkibi haqida: «Kim o‘ynashini bilish uchun xotinim bilan gaplashishim kerak»

Futbol
15 avgust, 10:32
Ispaniyalik mutaxassis «Lans»ga qarshi bahs oldidan tarkib borasida aniq ma’lumot bermadi.
Luis Enrike «PSJ»ning Fransiya Superkubogidagi tarkibi haqida: «Kim o‘ynashini bilish uchun xotinim bilan gaplashishim kerak»
Foto: Getty Images

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya Superkubogi uchun «Lans»ga qarshi bahs oldidan jamoa tarkibi va ehtimoliy rotatsiya haqida gapirdi.

«Biz doimo loyihamiz va o‘yin g‘oyamizga eng mos keladigan futbolchilarni izlaymiz. Ertaga mavsumdagi eng qiyin bahslardan birini ajoyib stadionda «Lans»ga qarshi o‘tkazamiz.

Safardagi bahsda yana ushbu juda muhim sovrinni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. U yerda yaxshi futbol namoyish etish qanchalik qiyinligini bilamiz. Bundan tashqari, hozir mavsumning o‘ziga xos davri, chunki tayyorgarligimiz optimal darajada kechmadi», — dedi Enrike.

Mutaxassisdan tarkibda jiddiy rotatsiya bo‘lishi kutilayotgani so‘ralganida esa hazil bilan javob berdi:

«Raqibga tarkib borasida maslahat berishimni xohlaysizmi? Rotatsiya bo‘ladimi yoki yo‘qmi, bilmayman. Kim o‘ynashini tushunish uchun xotinim bilan gaplashishim kerak», — dedi Enrike.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» bir necha kun avval UEFA Superkubogi uchun bahsda «Aston Villa»dan (2:1) ustun kelgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lens Lens
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Fransiya Superkubogi Fransiya Superkubogi
Bugungi yangiliklar