"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike "Lans"ga qarshi Fransiya Superkubogi bahsidagi 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat sabablarini aytdi.
"Hujumlarni yakunlashda aniqlik yetishmadi. O‘yin sur’ati va maydondagi vaziyatlar ijobiy fikr uyg‘otdi.
Butun uchrashuv davomida, ayniqsa birinchi bo‘limda ko‘rganlarimdan juda mamnunman. So‘nggi bahslar bilan taqqoslaganda, "Lans" bilan o‘yin eng kam imkoniyatga ega bo‘lgan uchrashuv bo‘ldi.
Natijadan mamnun emasman, ammo biz ko‘proq narsaga loyiq edik. Shu bilan birga, "Lans"ni tabriklashim kerak. Ular g‘alaba qozonishdi va o‘zlariga xos yuqori intensivlik bilan juda yaxshi o‘ynashdi. Lekin men ko‘rganlarim va jamoaning qanday o‘ynagani menga yoqdi.
"Lans" qaysi jihatlarda bizdan yaxshiroq bo‘ldi? Hech qaysida. Menimcha, biz kuchliroq edik. Bu oddiy hol, biz bunday o‘yinlarga ko‘proq odatlanganmiz.
Lekin stadiondagi muhit va ular qilgan barcha ishlarni hisobga olsak, "Lans" juda yaxshi himoyalandi. Biz o‘yinni nazorat qildik. Juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik, ammo omadimiz kelmadi", — deya Enrikening so‘zlarini keltiradi Le Figaro.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi